Start
Lending, vizitka yoki blog uchun
- 5 GB SSD
- 3 ta sayt
- 20 ta pochta qutisi
- PHP, WordPress yoki statik sayt
- SSL sertifikatni oʻzimiz ulaymiz
- Kunlik zaxira nusxalar
- Saytni bepul koʻchirish
- Domeningizdagi pochta
Serverlar va hostingni sozlaymiz, sayt yaratamiz, jarayonlarni avtomatlashtiramiz va vazifangizga mos dastur ishlab chiqamiz. Biror narsa buzilsa, bitta odamga yozasiz — hosting bilan dasturchini yarashtirib oʻtirmaysiz.
Birinchi suhbat va taxminiy baho bepul — hatto buyurtma bermasangiz ham.
Arizalar · toʻlovlar · nosozliklar — har kuni kechqurun
Illyustratsiya: panelingiz shunday koʻrinishi mumkin. Raqamlar koʻrsatilmaydi — bu hisobot emas.
Agar sizga jadval yoki tayyor servis yetarli boʻlsa, shuni ochiq aytamiz — hatto oʻzimiz bundan foyda koʻrmasak ham.
Odatda bu ishlarni turli pudratchilar qiladi. Bizda hammasi bitta shartnomada, istalgan xizmatdan boshlash mumkin — qolganini kerak boʻlganda qoʻshasiz.
Loyihangizga mos VPS yoki ajratilgan server tanlaymiz, Linux yoki Windows oʻrnatamiz, keraksiz portlarni yopamiz, yangilanish, monitoring va zaxira nusxalarni sozlaymiz. Server allaqachon bor boʻlsa, avval tekshiramiz: unda nima ishlayapti va kimda kirish huquqi bor.
Kimga mos keladi
Serverini tanishi sozlagan, endi u bilan bogʻlanib boʻlmaydigan kompaniyalar va MVP tayyorlayotgan startaplar uchun.
Natija
Masʼul odami, sozlamalar tavsifi va tekshirilgan zaxira nusxalari bor server. Kirish huquqlari — sizda.
PHP, WordPress, Node.js va statik saytlarni joylashtiramiz, SSL va domeningizdagi pochtani ulaymiz, har kuni zaxira nusxa olamiz. Mavjud saytingizni oʻzimiz va bepul koʻchiramiz, hosting paneliga kirish esa sizda qoladi.
Kimga mos keladi
Bir yoki bir nechta saytga ega kompaniyalar va mijozlarining saytlarini joylashtiradigan veb-studiyalar uchun.
Natija
Sayt va pochta joyida, nusxalar oʻzi olinadi, savollarga esa tirik odam javob beradi.
Lending, korporativ sayt, katalog yoki internet-doʻkon — prototip va dizayndan ishga tushirishgacha. Oʻzbek, rus va ingliz tilidagi versiyalarini tayyorlaymiz, Payme, Click yoki Uzum orqali toʻlov va analitikani ulaymiz. Narx, matn va rasmlarni keyin oʻzingiz oʻzgartirasiz.
Kimga mos keladi
Hali sayti yoʻqlar va sayti ishga tushganidan beri yangilanmaganlar uchun.
Natija
Ishlab turgan sayt, sizning nomingizdagi domen va kirishlar, dasturchisiz ham tushunarli boshqaruv paneli.
Ariza, toʻlov, hujjat va hisobot sizda qanday yurishini koʻrib chiqamiz va maʼlumot qoʻlda koʻchiriladigan joylarni topamiz. Keyin tizimlarni bogʻlaymiz: CRM, Telegram-bot, 1C, Payme, Click, SMS, hisobvaraq-fakturalar. Eng koʻp xalaqit beradigan bitta jarayondan boshlaymiz.
Kimga mos keladi
Arizalar Instagram va Telegramda, hisob Excelda, hisobot esa qoʻngʻiroqlar orqali yigʻiladigan kompaniyalar uchun.
Natija
Maʼlumot bir marta kiritiladi, siz esa ariza, toʻlov va qoldiqlarni xodimlarga qoʻngʻiroq qilmasdan koʻrasiz.
Ichki hisob tizimlari, shaxsiy kabinetlar, API, mobil ilovalar va Telegramdagi mini-ilovalar. Avval vazifani arzonroq hal qiladigan tayyor servis bor-yoʻqligini tekshiramiz. Boʻlmasa — loyihalaymiz, prototipni koʻrsatamiz va bosqichlab ishlab chiqamiz.
Kimga mos keladi
Tayyor dasturi topilmagan vazifalar va server bilan birga MVP kerak boʻlgan startaplar uchun.
Natija
Sizni oʻziga moslashtirmaydigan, aksincha, jarayoningizni takrorlaydigan dastur. Kod — sizniki.
Maʼlumot qayerda qoʻlda koʻchirilayotganini topamiz va tizimlarni shunday bogʻlaymizki, endi buni hech kim qilmaydi. Eng koʻp vaqtingizni olayotgan va asabingizni buzayotgan bitta jarayondan boshlaymiz.
Arizalar Instagram, Telegram va telefon orqali keladi. Bir qismi daftarga yoziladi, bir qismi unutiladi, toʻlov esa skrinshot bilan tekshiriladi.
Sayt, Telegram yoki Instagramdan — darhol bitta joyga
Mijoz kartasi chatdan koʻchirmasdan oʻzi yaratiladi
Telegramda xabar: ism, raqam va ariza matni
Payme yoki Click havolasi bilan hisobvaraq
Nechta ariza keldi, nechtasi toʻlandi va qayerda toʻxtab qoldi
Har bir ariza birinchi xabardan toʻlovgacha CRM tizimida koʻrinadi, siz esa mijozlar qaysi bosqichda yoʻqolayotganini koʻrasiz.
Menejer qoldiqni Excelda tekshiradi, buxgalter yuk xatini 1C dasturiga qayta kiritadi, mijoz esa buyurtmasi qayerdaligini soʻrab qoʻngʻiroq qiladi.
Sayt, bot yoki menejerdan — bitta tizimga
Mijozga tasdiqlashdan oldin qoldiq tekshiriladi
Yuk xati va Didox orqali hisobvaraq-faktura — qoʻlda kiritmasdan
Mijoz buyurtma holatini Telegramda koʻradi, qoʻngʻiroqsiz
1C dasturiga eksport: buxgalter qaytadan terib oʻtirmaydi
Buyurtma maʼlumoti bir marta kiritiladi, hujjat va holatlar oʻzi paydo boʻladi, buxgalter esa qogʻoz toʻplami oʻrniga tayyor eksport oladi.
Kun qanday oʻtganini bilish uchun filiallarga qoʻngʻiroq qilasiz, ish chatlarini varaqlaysiz va buxgalterdan Excel kutasiz.
Face ID yoki GPS orqali kelish, vazifalar va smena savdosi
CRM, 1C va jadvallardan — xodimlar qoʻlda hisobot yozmaydi
Smena vaqtida ochilmasa yoki reja bajarilmasa — darhol xabar
Har kuni kechqurun Telegramda: tushum, arizalar, kim kechikdi
Filial va xodimlar boʻyicha grafiklar — brauzerda va telefonda
Har kuni kechqurun kun qanday oʻtganini telefonda koʻrasiz va muammoni oy oxirida emas, hali kichikligida sezasiz.
Payme, Click, Uzum, Telegram, 1C, Bitrix24, amoCRM, SMS xizmatlari va elektron hisobvaraq-faktura tizimlariga ulanamiz. Servisda API boʻlsa, katta ehtimol bilan unga ham ulana olamiz.
Biznesingiz qanday tuzilgani va nima xalaqit berayotganini aytib berasiz. Biz savol beramiz, bor narsani koʻramiz va biror narsa qilish kerakmi-yoʻqmi, ochiq aytamiz. Bu bepul.
odatda bitta suhbatVazifani yozib chiqamiz: nima kiradi, nima kirmaydi, qanday bosqichlar va muddatlar. Qatʼiy summani aytamiz — u shartnomaga yoziladi.
bir necha kunKod yozishdan oldin sayt yoki tizim qanday koʻrinishi va ishlashini koʻrsatamiz. Bu bosqichdagi oʻzgarishlar eng arzon, shuning uchun ularni shu yerda kiritamiz.
hajmga bogʻliqBosqichlab ishlaymiz va har biridan keyin ishlab turgan natijani koʻrsatamiz — «deyarli tayyor» degan hisobotni emas.
smetadagi jadval boʻyichaIshga tushiramiz, kod, domen va barcha kirishlarni topshiramiz, qanday foydalanishni koʻrsatamiz. Keyin — xohishingizga koʻra: oylik qoʻllab-quvvatlash yoki bizsiz xotirjam hayot.
qolgani — ixtiyoriyQuyida — boshlangʻich narxlar: taxminan qancha mablagʻ ketishini tushunishingiz uchun. Aniq raqamni qisqa brifdan keyin aytamiz va shartnomada qayd etamiz. Vazifa ish davomida oʻzgarsa, avval yangi smetani kelishamiz, keyin bajaramiz.
PHP, WordPress va Node.js saytlar uchun. Barcha tariflarda — SSL, tiklab tekshiriladigan kunlik zaxira nusxalar va saytni bepul koʻchirish.
Lending, vizitka yoki blog uchun
Kompaniya sayti va jamoa pochtasi
Yuklamasi katta doʻkon va loyihalar
Hosting kamlik qilsa: VPS yoki ajratilgan server tanlaymiz, sozlaymiz va oylik qoʻllab-quvvatlashga olamiz — yangilanish, monitoring, zaxira nusxalar va savollaringizga javob.
Narxlar taxminiy: yakuniy summa brifdan keyin shartnomada qayd etiladi. Domen, pullik litsenziyalar va reklama byudjeti alohida toʻlanadi — ulardan qaysi biri kerakligini oldindan aytamiz.
Nima kerakligini belgilang — kalkulyator taxminiy summa va muddatni koʻrsatadi. Bu moʻljal: aniq smetani suhbatdan keyin tuzamiz va shartnomaga shu yerdagi raqam emas, oʻsha smeta yoziladi.
Nima kerakligini tanlang — hisob-kitob shu yerda chiqadi
Bu moʻljal, ommaviy oferta emas. Aniq summa va muddatni qisqa brifdan keyin aytamiz va shartnomada qayd etamiz.
Aniq smeta olishFaqat oʻzimiz qilgan va oxirgi sozlamasigacha tushuntirib bera oladigan ishlarni koʻrsatamiz. Begona logotiplar va oʻylab topilgan keyslar bu yerda boʻlmaydi.
UMAXning oʻz HR tizimi: xodimlar ishga kelganini Face ID orqali belgilaydi, joylashuv GPS orqali tekshiriladi, ish haqi esa avtomatik hisoblanadi.
Ilmiy-tadqiqot instituti uchun OJS (PKP) 3.5 platformasi: maxsus dizayn mavzusi, mualliflar va taqrizchilar kabinetlari, oʻzbek, rus va ingliz tilidagi interfeys.
Bu yerda keyingi boʻlib sizning serveringiz, saytingiz yoki botingiz turishi mumkin. Bepul suhbatdan boshlaymiz: vazifani aytasiz, biz esa uni qilishga arziydimi-yoʻqmi, ochiq aytamiz.
Loyihani muhokama qilishSSL, domen, pochta, yoʻnaltirish, tezlik va formalar: tashqaridan koʻrinadigan narsalarni tekshiramiz va uchta eng muhim vazifa bilan hisobot yuboramiz. Parolsiz.
Server, sayt va avtomatlashtirish bitta shartnoma bilan rasmiylashtiriladi. Butun zanjirga javob beradigan va sizni boshqalarga joʻnatmaydigan bitta aloqangiz boʻladi.
Summa va bosqichlar ish boshlanishidan oldin shartnomaga yoziladi. Har bosqichdan keyin natijani koʻrsatamiz, oxirida soatbay syurprizlar boʻlmaydi.
Kod, domen, kontent va kirish huquqlari sizniki. Boshqa pudratchiga oʻtmoqchi boʻlsangiz, hammasini topshiramiz va nima qayerdaligini tushuntiramiz.
Hech qachon tiklab koʻrilmagan zaxira nusxa — nusxa emas, umid. Biz nusxalarni muntazam tiklaymiz va hammasi joyidaligini tekshiramiz.
Ishga tushirilgach oylik qoʻllab-quvvatlashni olishingiz ham, olmasligingiz ham mumkin: kod va kirishlar sizda, hech kimga bogʻlanib qolmaysiz.
Vazifani jadval yoki tayyor servis hal qilsa, shuni aytamiz. Dam olish kunlarida tayyor boʻladigan eng arzon sayt kerak boʻlsa — biz sizga mos emasmiz.
Sayt nima qilishi kerakligiga bogʻliq: bitta xizmat uchun lending va toʻlov hamda ombor bilan ishlaydigan doʻkon — har xil vazifalar va har xil summalar. Boshlangʻich narxlar va kalkulyator «Narxlar» boʻlimida. Aniq raqamni qisqa brifdan keyin aytamiz va shartnomaga yozamiz — keyin u sizning roziligingizsiz oʻzgarmaydi.
Lending eng tez tayyor boʻladi; doʻkon, avtomatlashtirish va dasturlar uzoqroq, chunki ularda integratsiya va kelishuvlar koʻproq. Har bir bosqich muddatini ish boshlanishidan oldin smetaga yozamiz.
Ochigʻi: loyiha koʻpincha kod tufayli emas, matn, rasm va qarorlarni kutish tufayli choʻziladi. Shuning uchun sizdan nima kerakligini oldindan aytamiz.
Vazifani oʻz soʻzlaringiz bilan aytib bering: nima sotasiz, kimga va hozir nima xalaqit beryapti. Texnik topshiriq yozish shart emas — savollarni oʻzimiz beramiz va brifni tuzamiz. Agar sizga jadval yoki tayyor servis yetarli boʻlsa, shuni aytamiz va ishlab chiqishni sotib oʻtirmaymiz.
Shart emas. Avval u nimada qilingani va qanday holatda ekanini koʻramiz. Baʼzan uni yaxshi hostingga koʻchirish va formalarni tuzatish kifoya, baʼzan yangisini qilish arzonroq. Ikkala variantni narxi bilan koʻrsatamiz, qarorni siz qabul qilasiz.
Odatda ha. Sayt va pochtani yangi joyga nusxalaymiz, hammasi ishlashini tekshiramiz va shundan keyingina domenni yangi joyga yoʻnaltiramiz — oʻzgarishlar tarqalguncha sayt eski hostingdan ochilib turadi. Saytda buyurtmalar boʻlsa, hech narsa yoʻqolmasligi uchun almashtirish vaqtini oldindan kelishamiz. Bizning hostingga koʻchirish — bepul.
Sizga. Domenni sizning yoki kompaniyangiz nomiga roʻyxatdan oʻtkazamiz, kodni va server, hosting, panellarga kirish huquqlarini sizga topshiramiz. Boshqa pudratchiga oʻtmoqchi boʻlsangiz, hammasini beramiz va nima qayerdaligini tushuntiramiz. Mijozni parol bilan ushlab turish — yomon biznes modeli, biz undan foydalanmaymiz.
Shartnoma asosida ishlaymiz — kompaniya bilan ham, jismoniy shaxs bilan ham. Shartnomada summa, bosqichlar va bosqichma-bosqich toʻlov tartibi yoziladi. Bank oʻtkazmasi orqali yoki hisobvaraq boʻyicha Payme va Click orqali toʻlash mumkin.
VPS — faqat sizning loyihangiz uchun ajratilgan resurslar va oʻz sozlamalariga ega virtual server. Oddiy kompaniya saytiga u koʻpincha kerak emas, hosting yetadi. VPS CRM, oʻz dasturlaringiz, katta doʻkon yoki xavfsizlikka alohida talablar uchun kerak. Sizga nima mosligini aytamiz va hosting yetsa, server sotmaymiz.
Bu qanday maʼlumot ekanligiga bogʻliq. «Shaxsiy maʼlumotlar toʻgʻrisida»gi qonunning 2026-yil 27-mart tahririga koʻra, biometrik va genetik maʼlumotlar hamda aloqa operatorlari abonentlarining maʼlumotlari Oʻzbekistonda saqlanishi shart. Boshqa shaxsiy maʼlumotlarni chet elda ham saqlash mumkin, ammo shartlardan biri bajarilganda: maʼlumotlarni teng darajada himoya qiladigan davlat, namunaviy shartnoma shartlari yoki xalqaro standartlar.
Biz loyihangizga mos joylashtirishni tanlash va sozlashda yordam beramiz — ishga tushirgandan keyin emas, rejalashtirish bosqichida. Aynan sizning holatingizni yurist bilan tasdiqlab olgan maʼqul.
Kod, kirish huquqlari va hammasidan qanday foydalanish boʻyicha qisqa yoʻriqnomani topshiramiz. Keyin oylik qoʻllab-quvvatlashni ulashingiz mumkin: yangilanishlar, zaxira nusxalar, mayda tuzatishlar va savollarga javob. Bu ixtiyoriy — oʻzingiz uddalasangiz, qoʻllab-quvvatlash uchun toʻlash shart emas.
Vazifani bir-ikki gapda yozing. Aniqlashtiruvchi savollar yoki darhol reja bilan javob beramiz va gaplashib olishni taklif qilamiz. Birinchi suhbat va baho — bepul.